Shavkat Mirziyoyev qirol Karl III`ga yo‘llagan hamdardlik maktubida Yelizaveta II`ni 70 yildan ortiq vaqt davomida «mamlakat yaxlitligi va jadal rivojlanishining ramzi bo‘lib kelgan buyuk davlat arbobi edi» deb atadi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi. Prezident Deniyel Rozenblyumning O‘zbekiston-AQSh strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishdagi hissasini qayd etdi.
Xitoyning Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 66 kishiga yetdi, 250 dan ortiq mahalliy aholi jarohatlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali suhbatda Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev bundan 6 yil avval vafot etgan Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. «Birinchi prezidentimizga hurmat o‘z tariximizga hurmat ifodasidir», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Shavkat Mirziyoyev ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi. «Bu bizning millatga xos bo‘lmagan chidab bo‘lmas illat», — deya ta’kidladi prezident.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni telefon orqali tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, Belarus rahbari bunga javoban O‘zbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan qutladi.
Shavkat Mirziyoyev 12 nafar chet el fuqarosini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi. Ular orasida Turkiya vitse-prezidenti, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari vazirlari, AQSh va Ozarbayjon elchilari va boshqalar bor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchga yetib bordi. U sarkarda Jaloliddin Manguberdining 25 metrlik haykali ochilishida ishtirok etadi. Haykal bir necha oy avval o‘rnatilgandi, biroq shu davr ichida yopiq holda saqlandi.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukraina Mustaqilligi kuni bilan tabriklar ekan, «do‘st ukrain xalqiga tinchlik va farovonlik» tiladi. U ikki davlat o‘rtasidagi «an’anaviy ravishda do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan» munosabatlar «bundan keyin ham rivojlanib borishiga» ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev qo‘shimcha imtiyoz va yengilliklar berilishini ma’lum qildi. Jumladan, foyda solig‘i stavkasi 15 foizdan 7,5 foizga tushiriladi, aylanma soliq stavkasi Nukusda 4 foizdan 2 foizga, tumanlarda 2 foizdan 1 foizga, olis hududlarda esa 1 foizdan 0,5 foizga pasaytiriladi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sessiyasida ishtirok etish uchun Nukusga uchib ketdi.
O‘zbekiston prezidenti «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi ochilish marosimida ishtirok etdi. «Ulug‘vor me’moriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak bo‘lsin, buyursin», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Konsert davomida britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Sami Yusuf «Hayot daraxti» qo‘shig‘ini ijro etdi.
Samarqandda SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti uchun qurilgan «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro sayyohlik markazi ochilmoqda. Prezident tantanali marosimda ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi.
Hokimlar mulk huquqiga oid qarorlarni bekor qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilk bor xato qilgan kichik biznes vakillari jazolanmaydi, SSP tubdan o‘zgaradi, QQS 12 foizga tushiriladi — «Gazeta.uz» Shavkat Mirziyoyev ishbilarmonlar bilan uchrashuvda e’lon qilgan eng muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqotidagi takliflarni hayotga tatbiq etish maqsadida prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuziladi. Bundan tashqari, Savdo-sanoat palatasi hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi.
Prezident «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi. Ushbu mukofot bilan ko‘plab ish o‘rinlarini yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillari taqdirlanadi.
Tadbirkorlarga nisbatan yangi jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi. Ularning mulk huquqi faqat sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. Qolaversa, savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘liq bekor qilinadi, jarimalar esa to‘lanayotgan soliqdan oshirilmaydi.
Prezident pandemiya va jahondagi vaziyatga ro‘kach qilib, unga QQSni keyinga qoldirishni taklif qilishganini ta’kidladi. «Biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident korxonalarni yillik aylanmasiga qarab, 1 mlrd so‘mgacha — mikro, 10 mlrd so‘mchaga — kichik hamda 100 mlrd so‘mgacha bo‘lganini — o‘rta biznes sifatida toifalarga ajratish taklifini ilgari surdi. Shundan kelib chiqib, ishbilarmonlarga bir qator imtiyozlar taqdim etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting